Majburiy ijro byurosi Bulung`ur tuman bo`limi ish yurituvida bo`lgan fuqarolik ishlari bo`yicha Jomboy tumanlararo sudining sud buyrug`iga asosan qarzdor ota T.Sindarovdan undiruvchi xotini F.Normatova foydasiga ikki nafar voyaga etmagan farzandining moddiy ta`minoti uchun daromadlarining uchdan bir qismi miqdorida aliment undirish ko`rsatilgan.
Bo`lim xodimlari tomonidan qarzdor T.Sindarov bilan profilaktik suhbatlar olib borilib, qonunchilikda belgilangan javobgarlik yuzasidan tushuntirish berildi.
Shundan so`ng, qarzdor T.Sindarov alimentdan bo`lgan barcha qarzini to`lash bilan birga farzandlari voyaga etguniga qadar hisoblangan aliment pullarini to`lash istagini bildiradi. Qarzdor T.Sindarov tomonidan to`langan jami 136 mln. 584 ming so`m aliment pullari undiruvchi F.Normatovaga topshirilishi ta`minlandi.






