6 dekabr kuni soat 19:45 larda fuqaro Z.A. ga tegishli “ Matiz ” rusumli avtomobili Marg`ilon shahar B.Marg`iloniy ko`chasi yo`l chetida turgan vaqtida avtomabilning motor qismida yuzaga kelgan texnik nosozlik sababli yong`in kelib chiqqan.
Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmatiga ko`ra, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo`q.
Yong`in tegishli kuch vositalar yordamida o`z vaqtida bartaraf etilgan.
Mazkur holat Marg`ilon shahar IIB hamda FVB xodimlari tomonidan tekshirilmoqda.
Hurmatli haydovchilar, avtomobilingizni texnik soz holda bo`lishiga e`tibor qarating.
Zero, arzimagan e`tiborsizlik ham yuqoridagi kabi ayanchli manzarani keltirib chiqarishi mumkin.






