AsosiyJamiyat

Tadbirkorlik faoliyatiga qo`yilayotgan cheklovlar va to`sqinliklar bo`yicha ma`lumot berildi

'Tadbirkorlik faoliyatiga qo`yilayotgan cheklovlar va to`sqinliklar bo`yicha ma`lumot berildi'ning rasmi

Ayni daqiqalarda AOKAda “Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi hamda uning hududiy boshqarmalarida joriy yil davomida amalga oshirilgan ishlar va ularning samaradorlik natijalari bo`yicha o`rganish natijalari” mavzusida matbuot anjumani o`tkazilmoqda.

O`z muxbirimizning xabar berishicha, ️ 2020 yilning 11 oyi davomida Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasiga davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tadbirkorlik sub`ektlariga faoliyatini amalga oshirilishiga cheklovlar, to`sqinliklar va boshqa shu kabi harakatlari hamda intellektual mulk sohasidagi nohalol raqobat holatlari  bo`yicha jami 242ta murojaat kelgan.  

 Mazkur murojaatlarning:  

  •  78 ta murojaat bo`yicha ish qo`zg`atilgan, shundan 48 ta raqobat qonunchiligi buzilgan deb topilgan va tegishli ko`rsatma berilgan;

 

  •  8 ta murojaat bo`yicha ish qo`zg`atish rad etilgan;

 

  •  13 ta murojaat bo`yicha ish qo`zg`atish kechiktirilgan;

 

  •  35 ta murojaat ko`rib chiqilmoqda;

 

  •  109 ta murojaat bo`yicha so`rov xatlari yuborilgan hamda tegishli tushuntirishlar berilgan.

    Boshqa yangiliklar