AsosiyJamiyat

O`zbekiston Open Data Inventory (ODIN) reytingida 125 pog`onaga ko`tarilib, dunyoda 44 o`rinni, Markaziy Osiyo bo`yicha 1 o`rinni egalladi

'O`zbekiston Open Data Inventory (ODIN) reytingida 125 pog`onaga ko`tarilib, dunyoda 44 o`rinni, Markaziy Osiyo bo`yicha 1 o`rinni egalladi'ning rasmi

Bu haqda Davlat statistika qo`mitasi axborot xizmati xabar berdi.

O`zbekiston ODIN ochiq ma`lumotlar reytingida 63 ballni to`pladi.

 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 aprelda “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta`minlash va mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori qabul qilindi, bu o`z navbatida mamlakatimizda ochiq ma`lumotlarni rivojlantirish uchun mustahkam asos bo`lib xizmat qildi.

Open Data Inventory (ODIN) - rasmiy statistika kamchiliklarini aniqlash, ochiq ma`lumotlar siyosatini ilgari surish, milliy statistika organlari (MSO) bilan ma`lumotlardan foydalanuvchilar o`rtasida muloqotni yaxshilash va rag`batlantirishga qaratilgan qamrov va ochiqlikni baholaydi.

Open Data Watch tashkiloti butun dunyo bo`yicha mamlakatlar rasmiy statistikasining qamrovi va ochiqligini yillik baholashni o`tkazish maqsadida Ochiq ma`lumotlar reestri (ODIN)ni yaratdi.

  Open Data Inventory (ODIN) mamlakatlarning statistik ma`lumotlari qanchalik to`liqligini va ularning xalqaro ochiqlik standartiga mos kelishini baholaydi. ODIN da baholanadigan ma`lumotlar milliy statistika organlari rasmiy veb-saytida e`lon qilingan bo`lishi lozim. Qamrov ballari asosiy ko`rsatkichlarning mavjudligiga bog`liq.

 Bundan tashqari, O`zbekiston Respublikasi mazkur reytingda eng yuqori o`sishni ko`rsatgan 2 mamlakatdan biriga aylandi.

Ma`lumot uchun, Open Data Inventory (ODIN) 2018 yildagi reytingida O`zbekiston Respublikasi jahonda 169-o`rinni egallagan edi.

    Boshqa yangiliklar