AsosiyJamiyat

Sharof Rashidovning yoshlarga qoldirgan vasiyati

'Sharof Rashidovning yoshlarga qoldirgan vasiyati'ning rasmi

“O`zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati hamda Prezident Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi hamkorligida OAV xodimlari uchun tashkil etilgan press-turda Surxondaryo viloyatidagi "To`polon" suv ombori va gidroelektr stansiyasilari bilan yaqindan tanishish chog`ida eng qiziqarli manba Sharof Rashidovning yoshlarga qoldirgan tarixiy xati to`g`risidagi tarixiy yodgorlikka ko`zimiz tushdi.

Bu xat Sharof Rashidovning To`polang gidrouzelini qurish vaqtidagi tashrifi davomida qoldirilgan. Xat alohida maxsus idishga solingan va o`sha vaqtning o`zida mustahkam yodgorlik ichiga solingan. Sharof Rashidovning mazkur yoshlarga vasiyat xati 1982 yil O`zbekgidroenergo AJga qarashli Toʻpalang HPD platinium MChJ hududida joylashgan. Tarixiy yodgorlik ustiga Sharof Rashidovning yoshlarga qoldirgan xati to`g`risidagi va bu xat 2180 yil ochilishi lozimligi yozilgan.

 Hayratlanarlisi shundaki, bu maktubda nimalar yozilganini hech kim bilmaydi.

                                                 "Darakchi" muxbiri

                                               Maryam SATTOROVA

Boshqa yangiliklar