Joriy yilning 6- dekabr kuni ijtimoiy tarmoqda "UZB harfli avtomashina qoidani buzdi. Unga ham chora ko`rilarmikan?" sarlavhali video lavha tarqaldi. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi bu holat yuzasidan ma`lumot berdi.
Video lavha o`rganilganda, joriy yilning 6- dekabr kuni soat 13:11larda, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Xurshid ko`chasida “TAYOTA LAND CRUISER” rusumli, 01 025 UZB davlat raqam belgili transport vositasi yo`lning qarama-qarshi bo`lagida harakatlanganligi atrofdagi fuqarolardan birining boshqaruvidagi transport vositasi videoregistratoriga qayd etilgan. Fuqaro qoidabuzarlik videosini "eJaerima" saytiga yuborgan. Saytga kelib tushgan video lavha Toshkent shahar ma`muriy amaliyot mas`ul xodimi tomonidan o`rganilgan.
Qoidabuzar haydovchiga nisbatan esa O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 128-5 moddasi 2-qismiga ko`ra BHM ning 10 baravari miqdorida jarima belgilangan.






