AsosiyJamiyat

Toshkentdagi metan zapravkalarning ishlash vaqtiga cheklov o`rnatildi

'Toshkentdagi metan zapravkalarning ishlash vaqtiga cheklov o`rnatildi'ning rasmi

Toshkent shahridagi avtomobillarga gaz to`ldirish shoxobchalarining gaz uzatish grafigiga 7 dekabrdan boshlab vaqtinchalik cheklov o`rnatildi. Bu haqda «Hududgaz Toshkent» direktori vazifasini bajaruvchi Dilshod G`ofurov tomonidan gaz zapravkalari rahbarlariga yuborilgan xatga tayanib «Gazeta.uz» xabar berdi.

Faksogrammada qayd etilishicha, mazkur qaror havo keskin sovub ketgani sabab aholini, ijtimoiy va strategik ob`ektlarni uzluksiz gaz bilan ta`minlash maqsadida qabul qilingan.

Shu sababli poytaxtdagi 54 ta gaz zapravkasining barchasi yangi jadval bo`yicha ishlaydi, ya`ni soat 17:00 dan 05:00 ga qadar gaz ta`minoti uziladi.

«Hududgazta`minot» kompaniyasi ushbu xabarni tasdiqlagan va avtomobillarga gaz to`ldirish shoxobchalari issiqlik ta`minoti bilan shug`ullanuvchi korxonalarning katta diametrli gaz trubalariga ulanganini ta`kidlagan.

«Shayxontohur va Uchtepa tumanlaridagi alohida mahallalar aholisini, shuningdek, Shayxontohur, Uchtepa, Chilonzor tumanlaridagi ko`p qavatli uylar va ijtimoiy ob`ektlarni issiqlik bilan ta`minlovchi issiqlik markazlarini talab etilgan parametrlarga mos tabiiy gaz bilan ta`minlash maqsadida Toshkent shahar hokimligi bilan AGTShlarga tabiiy gaz etkazilishini vaqtincha cheklash bo`yicha qaror qabul qilindi», deyiladi xabarda.

«Hududgazta`minot»ning aniqlik kiritishicha, cheklov «magistral gaz quvurlaridagi bosim normallashgungacha» joriy etiladi.

    Boshqa yangiliklar