1

Farg`onada talonchilik uchun sudlangan yigit "kolyaska" o`g`irlab yana qamaldi

Jinoyat 08.12.2020, 14:16
Farg`onada talonchilik uchun sudlangan yigit "kolyaska" o`g`irlab yana qamaldi

So`nggi vaqtlarda ko`p qavatli uylarning oldida velosiped va bolalar aravachlarining yo`qolishi ko`p kuzatilmoqda. Sizningcha, ular qanday yo`q bo`lib qolmoqda?

Farg`onalik V.Yusuf O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismining “g” bandi bilan 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilingan bo`lsa-da, xatolaridan to`g`ri xulosa chiqarmadi. Jazoni to`liq o`tamasdan turib, qayta jinoyat sodir etdi.

2020 yil 14 iyun kuni Farg`ona shahridagi Tarona ko`chasida joylashgan 15/16-uyga kirib, u erdagi pod`ezdda turgan bolalar aravachasi, samokat va velosipedni o`g`irlab ketayotgan vaqtida Farg`ona shahar IIOFMB xodimlari tomonidan ushlangan.

Shundan so`ng unga yana jinoyat ishi qo`zg`atilib, to`plangan materiallar sudga taqdim qilingan edi. Jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona shahar sudi tomonidan V. Yusuf 3 yil 8 oyu 12 kun ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilindi.

Shu o`rinda o`yga tolasan kishi: hayot so`qmoqlarida adashgan bu yigit endi to`g`ri yo`lga kirarmikan?!

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1