Bu haqda Sog`liqni saqlash vaziri Hindistonning O`zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv chog`ida aytgan.
" -O`z navbatida, vazir hozirda vaziyatning barqarorligi hotirjamlikka berilish uchun asos bo`la olmasligini aytdi. Ko`pgina boshqa mamlakatlar tajribasiga ko`ra, COVID-19ning ikkinchi to`lqinidan qochib bo`lmaydi degan tushuncha mavjud. Buning uchun mamlakatda unga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha ishlar olib borilmoqda", degan Sog`liqni saqlash vaziri Abduhakim Xadjibaev.
Hindistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Manish Prabxat mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish bo`yicha ko`rilayotgan chora-tadbirlarni yuqori baholagan. Shu sababli kasallik tarqalishi hozirgi vaqtda sezilarli darajada kamayganini e`tirof etgan. Vaqtida ko`rilgan choralar COVID-19 oqibatlarini minimallashtirishga sabab bo`layotgani qayd etgan.
M. Prabxat pandemiya davrida O`zbekiston aholisi yuqori intizom va mas`uliyat ko`rsatganini, bu yaxshi natijalarga erishishga hissa qo`shganini va hukumatga vaziyatni shu kunga qadar nazorat ostida ushlab turishiga imkon berayotganligini ta`kidlagan.






