Ishga joylashtirishda yordam berishini va`da qilib katta miqdorda pul olib ketgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atildi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB.
Ma`lum qilinishicha, ichki ishlar organlariga 26 yoshli Shuxratjon M. murojaat qilib, joriy yil 17 avgust kuni uni MChJlardan birining qo`riqlash xizmatiga ishga joylashtirishini va`da qilgan 40 yoshli Sherzod Sh.ga nisbatan chora ko`rishni so`ragan. Sherzod o`z “xizmati” uchun Shuxratdan 2.000 AQSh dollari olgan. Mazkur fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 moddasi (“Firibgarlik”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi.






