AsosiyJamiyat

IIV YHXBB yo`l harakati qatnashchilariga ogohlantiruv bilan chiqdi

'IIV YHXBB yo`l harakati qatnashchilariga ogohlantiruv bilan chiqdi'ning rasmi

Respublikamiz hududida ob-havo sharoitining o`zgarishi, ayrim hududlarda qor yog`ishi va avtomobil yo`llarida muzlamalar hosil bo`lishi, qalin tuman tushishi sababli avtomobil yo`llarida harakat qatnashchilari uchun bir qator noqulayliklar keltirib chiqarishi, yo`l-transport hodisalari sodir etilishiga sabab bo`lishi mumkinligini inobatga olgan holda O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi fuqarolarni ogohlantirmoqda.

"Haydovchilardan transport vositasini boshqarish paytida ayniqsa dovon yo`llarida harakatlanishda murakkab ob-havo sharoitini hisobga olishlarini, texnik nosoz  transport vositalaridan foydalanmasliklarini, zarurat bo`lmaganda tungi vaqtlarda harakatlanmaslikni, piyodalardan yo`lni kesib o`tishda o`ta hushyor bo`lishlarini, kattalardan yo`llarda bolalarning harakatini nazoratga olishlarini so`raymiz", deyiladi IIV YHXBB Axborot xizmati xabarida. 

    Boshqa yangiliklar