AsosiyJamiyat

O`zbekistonda ilk bor sudyalikka nomzodlarning imtihon topshirishi onlayn ko`rsatiladi

'O`zbekistonda ilk bor sudyalikka nomzodlarning imtihon topshirishi onlayn ko`rsatiladi'ning rasmi

2020 yil 7 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sudyalarning chinakam mustaqilligini ta`minlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoni qabul qilindi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar bermoqda. 

Mazkur hujjatga ko`ra,  

▪️2021 yil 1 fevraldan ilk bor sudyalik lavozimiga nomzodlarni tanlash bo`yicha imtihon jarayonlari internet tarmog`i orqali onlayn tarzda yoritib boriladi;

▪️sudyalik lavozimiga nomzodlar va sudyalarning psixologik portreti bo`yicha kasbga munosibligini baholashga ko`maklashuvchi elektron dastur ishlab chiqiladi;

▪️sudya faoliyatining samaradorligini elektron reyting orqali ochiq va shaffof baholashni ta`minlaydigan aniq mezonlar ishlab chiqilib, amaliyotga tadbiq etiladi;

▪️Sudyalar Oliy kengashi tuzilmasida Sudyalar daxlsizligini va korrupsiyaning oldini olish bo`yicha sud inspeksiyasi tuziladi.

Farmon bilan Sud hokimiyati mustaqilligini yanada kuchaytirish, sudyalar daxlsizligini ta`minlash hamda tizimda korrupsiyaning oldini olish bo`yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

    Boshqa yangiliklar