Majburiy ijro Byurosining Sergeli tuman bo`limi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo`yicha O`rtachirchiq tumanlararo sudining qarzdor “Alter fuel from stem” jamiyatidan undiruvchi ATB “Mikrokredit bank” foydasiga 460.516.545 so`m qarz undirish va undiruvni garov mulki bo`lgan R.Mamurovga tegishli bo`lgan 315.000.000 so`mga baholangan Sergeli tumani, Sergeli 1-mavzesi,da joylashgan xonadonga qaratish haqidagi ijro hujjatiga ko`ra MIB navbatdagi ishni amalga oshirdi. Bu haqda Byuro matbuot xizmati Darakchiga xabar bermoqda.
Mazkur ijro hujjati bo`lim ish yurituviga 30.07.2020 yilda kelib tushgan va ijro ishi yuritishi to`g`risida qaror qabul qilingan. Olib borilgan ijro harakatlari jarayonida 09.09.2020 yilda garov mulki bo`lgan R.Mamurovga tegishli 315.000.000 so`mga baholangan Sergeli tumani, Sergeli 1-mavzesida joylashgan xonadon xolislar ishtirokida xatlangan hamda ushbu haqda tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilshgan. Shuningdek, davlat ijrochisining 18.09.2020 yildagi mol-mulkni elektron onlayn auksionda sotish uchun chiqarish to`g`risidagi qaroriga asosan yuqoridagi xonadon auksion savdolariga chiqarilgan. Qarzdor tomonidan garov mulki bo`lgan xonadon elektron-onlayn auksionda sotilishini oldini olish maqsadida, 27.11.2020 yilda qarzdor tomonidan yuqoridagi summa undiruvchining tegishli hisob raqamiga to`liq to`lanishi ta`minlangan va ijro ishi Qonunning 41 moddasiga asosan tamomlangan.






