Ushbu mavzudagi muammoga deputat Rasul Kusherbaev e`tibor qaratdi va quyidagi murojaatni e`lon qildi.
"Birja orqali shu yilning 27 oktyabrida «O`zbekko`mir»dan ko`mir sotib olib, shartnomaga asosan 96 mln 600 ming so`m pulni o`z vaqtida o`tkazib berganmiz. Ustama puli va temir yo`l xizmati bilan jami 127 mln. 230 ming so`m harajat qildik. «O`zbekko`mir» besh kunda berishi kerak bo`lgan ko`mirni shu kunga qadar bermayapti. Ko`p joylarga murojaat qildik, biroq natija yo`q. Vaqt o`tayapti, zarar ko`rayapmiz.
Sh.Kupaysiddinov,
Namangan viloyati, Mingbuloq tumani «Agro Chemical Industry Export Import» MChJ rahbari
P/S: Bizdagi ma`lumotlarga ko`ra, birja orqali ko`mir sotib olgan boshqa tadbirkorlar ham shunday muammolarga duch kelishmoqda. Bu «O`zbekko`mir» AJ boshqaruvi va ishlab chiqarishda zamon talabiga mos bo`lmagan noprofessional muhit va ishda «kichkina qalloblik» prinsipi hukmron, degan fikr uyg`otmoqda.
Mazkur masalaga Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi, Tovar xom-ashyo birjasi va prokuratura idoralarining e`tibor qaratishlarini so`raymiz", deb yozib qoldirgan deputat.






