"O`zbekiston temir yo`llari" AJ ma`lum qilishicha, bugun 2020 yil 9 dekabrda poytaxtdan soat 08:05 da jo`nab ketgan №60/59-sonli "Toshkent - Andijon" yo`nalishidagi yo`lovchi poezdi texnik sabablarga ko`ra yo`l davomida kechikib harakatlanmoqda.
Xabarda aytilishicha, ayni paytda kechikish vaqti ikki soatni tashkil etmoqda.






