AsosiyJamiyat

Respublika bolalar suyak sili sanatoriysiga bosh vrach tayinladi

'Respublika bolalar suyak sili sanatoriysiga bosh vrach tayinladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirining tegishli buyrug`iga ko`ra, Respublika bolalar suyak sili sanatoriysi bosh vrachi lavozimiga Asilbek Ahmadjonov tayinlandi.

Unga respublikada bolalar suyak sili profilaktikasi, diagnostikasi va innovasion reabilitasiya usullarini keng tatbiq etish, ushbu yo`nalishda ilmiy tadqiqotlar ustida ishlash, ilmiy xodimlar va shifokorlarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash hamda sanatoriyda bemorlar uchun yanada keng sharoitlar yaratish kabi qator vazifalar yuklatildi.

45 yoshli tibbiyot fanlari nomzodi A. Ahmadjonov shu vaqtgacha Sog`liqni saqlash vazirligining Kadrlar boshqarmasi boshlig`i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

    Boshqa yangiliklar