AsosiyJamiyat

Madaniyat vazirligi Toshkent kurantlaridagi bant va lentalarni olib tashlashni talab qildi

'Madaniyat vazirligi Toshkent kurantlaridagi bant va lentalarni olib tashlashni talab qildi'ning rasmi

human.uz xabariga ko`ra, Madaniy meros ob`ektlari reestriga kiritilgan Toshkent kurantlariga taqilgan bant va lentalar Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti bilan kelishilmagan. Madaniyat vazirligi matbuot xizmati ushbu ma`lumotni tasdiqlagan.

Noyabr oyi oxirida Toshkent kurantlari binosining old qismida qizil rangli lentalar va bant paydo bo`lgan edi.

Toshkent shahridagi Madaniy meros boshqarmasi tomonidan 27 noyabr kuni bant va lentalar paydo bo`lganidan so`ng, Mirobod tumani hokimligi va Binolardan foydalanish departamentiga Toshkent kurantlaridagi noqonuniy o`rnatilgan elementlarni olib tashlash to`g`risida ogohlantirish xatlari yuborilgani ma`lum qilindi.

Ammo binoning old qismidagi bant va lenta hozircha olib tashlanmagan.

    Boshqa yangiliklar