AsosiyJamiyat

Keyingi yilda test sinovlarida tushadigan savollar qaysi darsliklardan olinishi e`lon qilindi

'Keyingi yilda test sinovlarida tushadigan savollar qaysi darsliklardan olinishi e`lon qilindi'ning rasmi

2020-2021-o`quv yilida umumta`lim maktablari, akademik lisey va kasb-hunar maktablarida qo`llanilayotgan darslik va o`quv-metodik qo`llanmalar ro`yxati Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e`lon qilindi. Bu haqda Davlat Test Markazi xabar bermoqda.

O`zbekiston Respublikasi umumiy o`rta va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarida o`qitilayotgan umumta`lim fanlari bo`yicha saytda keltirilgan adabiyotlar ro`yxati Davlat test markazining Xalq ta`limi hamda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirliklariga qilgan murojaatiga javoban mazkur vazirliklardan kelgan xatlar asosida shakllantirilgan.

Darsliklar ro`yxatini https://dtm.uz/info/textbooks manzili orqali tegishli fan va tilni tanlagan holda olishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar