AsosiyJamiyat

Toshkentning “Qatortol” ko`chasi namunaviy ko`chaga aylantiriladi

'Toshkentning “Qatortol” ko`chasi namunaviy ko`chaga aylantiriladi'ning rasmi

Bu haqda Chilonzor tumani hokimligi matbuot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, Chilonzor tumanining 2020 yil uchun mo`ljallangan dasturiga tumandagi bir qator serqatnov yo`llar, ichki va tashqi ko`chalarni ta`mirlash masalasi ham kiritilgan bo`lib, bugungi kunga kelib mazkur dastur asosida joylarda ta`mirlash ishlari boshlab yuborilgan.  

 Bugun tuman hokimi Sarvar Mahametov, tuman hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikasiyalarni rivojlantirish bo`yicha o`rinbosari A.Usmonov va boshqa tegishli mas`ullar namunaviy ko`chaga aylantirilishi rejalashtirilgan “Qatortol” ko`chasida olib borilayotgan ta`mirlash jarayonlarini joyiga chiqqan holda o`rgandi.

O`rganishlar jarayonida  mas`ullarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar