2020 yilning 26 noyabr kuni soat 12:30 larda fuqaro 26 yoshli Zulfiyaxon I., o`zganing mulkini talon-toroj qilish maqsadida maktab o`quvchilari hisoblangan voyaga etmagan 8 yoshli Rayyona Sh., va 7 yoshli Zarina A., larning yolg`iz kelayotganligidan foydalanib, ularga bayram tabrigi olib borishni aytib, Rayyona Sh., Zarina A.,ning qulog`idan 2 juft ziraklarini echib olib, hodisa joyidan yashiringan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qildi.
Shuningdek, 2020 yilning 27 noyabr kuni soat 13:00 larda fuqaro Zulfiyaxon I., o`zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, takroran o`zganing mulkini talon-toroj qilish maqsadida, Andijon shahar A.Temurshoh ko`chasida maktab o`quvchisi voyaga etmagan 9 yoshli Munisa N., ni yolg`iz kelayotganidan foydalanib, unga bayram tadbirida ishtirok etishini aytib, qulog`idan bir juft ziraklarini echib olib, hodisa joyidan yashiringan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, gumon qilinuvchi Zulfiyaxon I.,dan jabrlanuvchilar Rayyona Sh., va Zarina A.,larga tegishli bo`lgan sirg`alar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Zulfiyaxon I.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (o`g`irlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.






