AsosiyJamiyat

Andijondagi ko`p qavatli uyda gazdan portlash sodir bo`ldi

'Andijondagi ko`p qavatli uyda gazdan portlash sodir bo`ldi'ning rasmi

Ushbu hodisa yuzasidan Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lumotlarni taqdim etdi. 

Aniqlanishicha, 2020 yil 09 dekabr kuni soat 01-00 larda Andijon shahar, Qo`shariq daxasida joylashgan qo`p qavatli uyning xonadonida tabbiy gaz to`planib qolishi va ushbu xonadonda yashovchi ayol D.M. elektr chiroqni yoqib yuborishi natijasida chaqnash kelib chiqqan bo`lib, yashash uyining taxminan 30 kv. metr qismi yonib zararlangan.

Chaqnash oqibatida turli darajadagi kuyish tan jarohatlarini olgan xonadondagi 3 nafar fuqaro shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan tergov qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar