AsosiyJamiyat

"Bundan 50-20 yil avval qabul qilinadigan oziqalarimizning kaloriyasi hozirgi kam harakatlilikda to`g`ri kelmaydi" - Elmira Bositxonova

'"Bundan 50-20 yil avval qabul qilinadigan oziqalarimizning kaloriyasi hozirgi kam harakatlilikda to`g`ri kelmaydi" - Elmira Bositxonova'ning rasmi

Bu haqda Sog`liqni saqlash vaziri o`rinbosari Elmira Bositxonova  “Sog`lom turmush tarzi: jismoniy faollikni oshirish va «Avtomobilsiz kun» joriy qilinishining muhim jihatlari” mavzuidagi matbuot anjumanida ma`lum qildi. 

Uning so`zlariga ko`ra, Sog`liqni saqlash vazirligi o`zbek milliy taomlarini kaloriyasini hisoblab, mazkur kaloriyani sarf etish uchun qanday harakatlar qilish zarurligi bo`yicha qo`llanma shakllantirish bo`yicha Bosh vazir o`rinbsaridan topshriq olgan. 

Ayni paytda SSV tomonidan 10 ta quyuq va 10 ta suyuq o`zbek milliy taomlarining kaloriyasi hisoblanib, Jismoniy tarbiya vazirligiga taqdim etilgan.

Ma`lum qilinishida, ular endi bu kaloriyalarni ist`emol qilganda qanday sarf qilish to`g`risida o`z xulosalarini tayyorlashadi.

 

 

    Boshqa yangiliklar