2021 yil yanvar oyidan boshlab Toshkent shahrida jamoat tranportlaridan foydalanganda naqd pul orqali to`lov qilish tizimini bekor qilish rejalashtirilmoqda. Naqd pul o`rnini yagona transport kartasi egallaydi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" AJ Axborot xizmati ma`lum qildi.
Shuningdek, oylik yo`l chiptalari ham bekor qilinadi. Alohida imtiyozga ega shaxslar, talabalar va o`quvchilar uchun xuddi shu ko`rinishdagi kartalar joriy etiladi.






