Bu haqda AOKAda tashkil etilgan matbuot anjumanida Sudyalar oliy kengashi raisi Xolmo`min Yodgorov ma`lum qildi.
Unga ko`ra, psixologik test va suhbatlar orqali sudyalarning dunyoqarashi, sudda bo`ladigan turli holatlarga chidamliligi, vaziyatga baho berish ko`nikmasi, hatto ichkilikka va korrupsiyaga moyilligi haqida tavsiyaviy xarakterdagi xulosalar olinadi.
" - Sudyalar faoliyatini baholash bo`yicha elektron reyting tizimini joriy qilish ko`zda tutilgan. Hozirgacha sudyalar faoliyati baholanmaganmi, bunga qanchalik ehtiyoj bor edi, degan savol tug`iladi. Bugungi kunga qadar ham sudyalar faoliyati har 2,5 yilda bir marta Sudyalar malaka hay`ati tomonidan 100 ballik tizimda baholanar edi.
Yangi elektron reyting natijasida sudyalar faoliyatining ochiqligi va shaffofligi ta`minlanadi hamda bu doimiy yuritib boriladi. Har bir sudya o`z kamchilik va yutuqlarini onlayn ko`rib turadi», dedi Xolmo`min Yodgorov.






