Samarqand viloyati Ishtihon tumanidan o`tuvchi 4N-555 avtomobil yo`lining 7-kilometrida 6-dekabr kuni Nexia va Matiz avtomobillari ishtirokida YTH sodir bo`lgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ishtihon tumanida Matiz va Nexia avtomobillari qarama-qarshi yo`nalishda harakatlanib, bir-biriga to`qnashishi oqibatida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. YTH natijasida Matiz haydovchisi hodisa joyida vafot etgan. Nexia salonida bo`lgan yo`lovchi og`ir tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Ma`lum bo`lishicha, avtohalokat sodir bo`lishiga ikkala transport vositasi katta tezlikda bir-birining yo`liga chiqib ketgani sabab bo`lgan.






