AsosiyJamiyat

Eshakni "Spark"da sudragan haydovchiga chora ko`rildi

'Eshakni "Spark"da sudragan haydovchiga chora ko`rildi'ning rasmi

Joriy yilning 30 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqda "Nima bu ahvol? Hayvonni shunchalik qiynash shartmi?" sarlavhasi ostidagi video lavha tarqalgan edi. Videoda haydovchi eshakni "Spark"da sudrayotgani aks etgan. Ushbu haydovchiga qonuniy chora ko`rildi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasining Matbuot xizmati xabar bermoqda

Video lavhada "Spark" rusumli transport vositasi orqa tomoniga arqon bilan eshak boylab qo`yilgani va avtomobil harakatlanib, hayvonni sudrab ketayotganligi holati aks etgan.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilganda, joriy yilning 27 oktyabr kuni soat 11:00larda, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Sag`bon ko`chasida haydovchi 1992 yilda tug`ilgan F.G`. o`z boshqaruvidagi "Spark" rusumli, 01 T 151 NA davlat raqam belgili avtomobilning orqa tomoniga arqon bilan eshakni bog`lab olganligi, hayvonni sudrab harakatlanganligi ma`lum bo`lgan.

Olmazor tumani 7-sonli IIB mas`ullari tomonidan holat yuzasidan tegishli hujjatlar to`planib, ko`rib chiqishlik uchun tuman Ma`muriy sudiga yuborilgan.

Joriy yilning 3 dekabr kuni Olmazor tumani Ma`muriy sudi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 111-moddasida keltirib o`tilgan huquqbuzarlikni sodir etganligi uchun fuqaro F.G`.ga nisbatan BHMning 3 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar