O`tgan seshanba kuni Britaniyada boshlangan Pfizer va BioNTech vaksinasi bilan aholini COVID-19ga qarshi emlash dasturi muvaffaqiyatsiz tugadi. Bu haqda rg.ru xabar bermoqda.
Ushbu emlash allergik reaksiyaga sabab bo`lishi mumkinligi aniqlandi. Shunga ko`ra, mutaxassislar turli xil allergiya bilan og`riganlarni Pfizer va BioNTech vaksinalari bilan emlash mumkin emasligi haqida ogohlantirdilar.
Vaksina bilan emlangan Milliy sog`liqni saqlash xizmatining ikki xodimida allergiya aniqlangandan so`ng birinchi preparatga nisbatan shubha paydo bo`lgandi. Garchi ikkala xodimning ham ahvolt yaxshi bo`lsa-da, "ommaviy" emlash katta xavfga sabab bo`lishi mumkin.
Ayni paytda Tibbiyot va sog`liqni saqlash agentligi Buyuk Britaniyaning oziq-ovqat, dori-darmonlarga yoki turli xil emlashlarga allergik reaksiyalari bor fuqarolarini emlanishni taqiqlamoqchi.
Angliyadagi Milliy sog`liqni saqlash xizmati direktori, professor Stiven Pouis ham og`ir allergik reaksiyalari bo`lgan odamlardan COVID-19 vaksinasini qabul qilmaslikni so`radi.
Eslatib o`tamiz, avvalroq dunyoda birinchi bo`lib Buyuk Britaniya koronavirusga qarshi "Pfizer" vaksinasini qo`llashni ma`qullaganini va 8 dekabrda Buyuk Britaniyada "Covid-19"ga qarshi ommaviy emlash boshlanganini xabar qilgandik.






