AsosiyJamiyat

Surxondaryodagi poliklinika binosini ta`mirlashda amalda bajarilmagan qurilish ishlari hujjatlashtirilib, byudjet pullari talon-tоroj qilindi

'Surxondaryodagi poliklinika binosini ta`mirlashda amalda bajarilmagan qurilish ishlari hujjatlashtirilib, byudjet pullari talon-tоroj qilindi'ning rasmi

Bandixon tumanida poliklinika binosini ta`mirlashda byudjet mablag`ini talon-toroj qilgan korxona fosh etildi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar qildi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bandixon tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “J.D.” xususiy korxonasi rahbari R.Ch. va boshqalar oldindan til biriktirib, tumandagi poliklinika binosini joriy ta`mirlashda amalda bajarilmagan qurilish ishlarini bajarilganligi haqida hujjatlarni rasmiylashtirib, 271,6 mln so`m byudjet mablag`larini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan R.Ch. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi va 209-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar