Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Farg`ona viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Darakchiga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda, fuqaro M.D.ning yashash xonadoni ko`zdan kechirilganda u qalbaki pul tayyorlash bilan shug`ullanib kelayotganligi aniqlanib, 100 kupyuradagi AQSh dollarlari, 10 ming va 50 ming so`mlik kupyuradagi qalbaki pullar, 137 dona turli kupyuralar chop etilgan A-4 formatdagi qirqilmagan qog`ozlar, “Epson” rusumli rangli printer hamda “Lenovo” rusumli noutbuk ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan M.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi
1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






