Bugun, 11 dekabr kuni, Shavkat Mirziyoev Belarus Respublikasi Prezidenti, Oliy Evroosiyo iqtisodiy kengashi raisi Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII)ning videoanjuman shaklida o`tgan sammitida ishtirok etdi.
O`zbekiston Respublikasiga tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat maqomini berish sammit kun tartibidagi asosiy masalalardan biri edi. Mazkur masala yuzasidan qaror qabul qilindi hamda O`zbekistonga kuzatuvchi davlat maqomi berildi.






