1

Yangiyo`l tumani «Obod» MFY raisi mahalla erini 10 ming AQSh dollariga sotayotganda qo`lga olindi

Jinoyat 11.12.2020, 18:55
Yangiyo`l tumani «Obod» MFY raisi mahalla erini 10 ming AQSh dollariga sotayotganda qo`lga olindi

Toshkent viloyati IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan navbatdagi tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasining Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yangiyo`l tumani «Obod» MFY raisi mahalla hududiga tegishli 8 sotix erni 10 000 AQSh dollariga sotayotgan vaqtida daliliy ashyo bilan qo`lga olingan.

IIBB JQB tezkor xodimlari tomonidan fuqaro arizasiga asosan 2020 yil 27 noyabr kuni o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, Yangiyo`l tumani, «Obod» MFY raisi lavozimida ishlovchi, 1954 yilda E.M. ushbu MFY binosida ariza muallifi R.T. dan 8 sotix noqonuniy er uchun (har bir sotix 1250 AQSh dollardan) talab qilgan jami 10.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan. U fuqaroga 2004 yil hisobidan eski qaror tayyorlab berishni va`da qilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan fuqaro E.M. ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3 qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1