Transport infratuzilmasini rivojlantirish, jamoat transportidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish bo`yicha ko`rilayotgan chora-tadbirlarga bag`ishlangan matbuot anjumani o`tkazildi. Anjumanda transport sohasi bilan bog`liq bo`lgan savolli va muammoli vaziyatlar muhokama qilindi.
Toshkent shahar Transport boshqarmasi boshlig`i Anvar Jo`raev "2021 yilda jamoat transportida yo`l haqi oshiriladimi?" degan savolga quyidagicha javob qaytardi:
—Narx masalasi yil yakunlari ko`rib chiqilgandan so`ng hal etiladi. Bu borada biz Moliya vazirligi bilan kelishgan holda taklif kiritishimiz mumkin. Taklif kiritishda 2021-yil uchun rejalashtirilgan byudjet parametrlari e`tiborga olinadi. Shundan so`ng esa narx oshishi yoki oshmasligi ma`lum qilinadi. Ayni damda narx o`zgarishiga oid aniq ma`lumot bera olmaymiz.






