AsosiyJamiyat

Issiqlik elektr stansiyalaridagi barcha energobloklar o`z nominal quvvatida ishlamoqda — Energetika vazirligi

'Issiqlik elektr stansiyalaridagi barcha energobloklar o`z nominal quvvatida ishlamoqda — Energetika vazirligi'ning rasmi

Energetika vazirligi joriy yilning 10 dekabr kuni iste`molchilarni yoqilg`i-energetika resurslari bilan ta`minlash bo`yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma`lumot berdi.

Xususan, 10 dekabr kuni issiqlik elektr stansiyalari va gidro elektr stansiyalari orqali 226 million 600 ming kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Shundan respublika iste`molchilariga 217 million kilovatt-soat elektr energiyasi etkazib berildi.

Shuningek, 10 dekabr kuni hududiy gaz ta`minoti korxonalari tomonidan iste`molchilarga jami 94 million 696 ming kub metr tabiiy gaz etkazib berish rejalashtirilgan bo`lsa, amalda 106 million 23 ming kub metr tabiiy gaz etkazib berildi. Shu bilan birga, respublika iste`molchilariga jami 2 ming 215 tonna suyultirilgan gaz etkazib berildi.

Iste`molchilarni ko`mir va briket mahsulotlari bilan ta`minlash maqsadida 10 dekabr kuni “O`zbekko`mir” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 13 ming 856 tonna mahalliy ko`mir mahsulotlari etkazib berildi.

Issiqlik elektr stansiyalaridagi barcha energobloklar o`z nominal quvvatida ishlamoqda. Ish rejimi bo`yicha e`tirozlar mavjud emas.

Korxonalarda qazib chiqarish va ishlab chiqarish ishlari rejalashtirilgan rejimda olib borilmoqda. Barcha korxonalarda 24 soatlik navbatchilik tashkil qilingan.

Energetika vazirligining navbatchilik qismiga elektr energiyasi ta`minoti bo`yicha iste`molchilar tomonidan Qashqadaryo va Farg`ona viloyatlaridan murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlar hududlardagi mas`ul mutaxassislar tomonidan tezkor ravishda ijobiy hal etildi.

Toshkent shahrining Mirobod tumani “Qo`yliq 1” dahasi “Tolariq” ko`chasida (Yangiobod bozori) Yashnobod tumani 5-mavze, Yakkasaroy tumani “Rakatboshi” MFYlari, shuningdek, poytaxtning boshqa tumanlaridan gaz bosimining pastligi bo`yicha iste`molchilardan murojaatlar kelib tushdi. Hozirda barcha avariya-tiklash brigadalari va mas`ul mutaxassislar tomonidan tabiiy gaz bosimini me`yorlashtirish choralari ko`rilmoqda.

Shu o`rinda iste`molchilardan isitish moslamalariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo`lishingiz, gaz uskunalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qattiq rioya qilishingizni so`raymiz.

Eslatib o`tamiz, elektr energiyasi ta`minoti bilan bog`liq masalalar bo`yicha 1154 hamda gaz ta`minoti masalalari bo`yicha 1104 qisqa telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar