«Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik jamiyati Toshkentdagi avtobus bekatlarida do`konlar olib tashlanishini ma`lum qildi. Bu haqda «Zamon» dasturida xabar berildi.
Ma`lum bo`lishicha, kuzatishlar davomida do`konlar bekat yo`lovchilariga noqulayliklar keltirib chiqarayotgani aniqlangan. Ularning o`rnini yangi innovasion avtobus oraliq bekatlari egallaydi. Shuningdek, «Toshshahartransxizmat» AJ tomonidan poytaxtda tezyurar avtobuslar tizimini joriy qilish rejalashtirilgan. Hozirgi kunda 7 ta asosiy nuqta belgilab olingan. 18 va 24 metrlik tezyurar avtobuslar avvalgi tramvay yo`lida harakatlanadi. Loyiha qiymati taxminan 26 mln dollarni tashkil qiladi.
Avvalroq Toshkentdagi ayrim avtobus yo`nalishlari maqbullashtirtirilganini xabar qilgan edik.






