Ichki ishlar vazirining o`rinbosari Rustam Xotamov ishtirokida 10 dekabr kuni o`tkazilgan videoselektorda tizimda ishlab kelgan 70 nafardan oshiq xodim o`rtasida korrupsiyaviy holatlar aniqlangani aytib o`tilgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmati xabar qildi.
Yig`ilishda joriy yilning 11 oyi davomida korrupsion xarakterga ega salbiy holatlarga yo`l qo`yganliklari uchun 23 nafar xodim ichki ishlar organlari tizimidan bo`shatilganligi, ularning 11 nafar rahbarlari egallab turgan lavozimidan ozod etilganligi, 40 nafariga esa intizomiy jazo choralari qo`llanilganligi ma`lum qilindi.
Yig`ilishda Ichki ishlar organlari xodimlari o`rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi kurashish yo`nalishidagi ishlarning ahvoli muhokama qilindi, deyiladi xabarda.






