1

Sirdaryoda fuqaro tanishini o`ldirish uchun 5 ming AQSh dollariga odam yolladi

Jinoyat 12.12.2020, 12:27
Sirdaryoda fuqaro tanishini o`ldirish uchun 5 ming AQSh dollariga odam yolladi

7 dekabr kuni shaxsini sir saqlashni so`ragan “X” ismli fuqaro ariza bilan murojaat qilib, tanishi tadbirkor J.Z. (1994 y.t., muqaddam sudlangan) uni muqaddam “Bosqinchilik” jinoyati uchun sudlanganligidan xabar topib, o`ziga raqobatchi deb bilgan tadbirkor M.D.ni o`ldirishga buyurtma qiladi. Buning evaziga 5.000 AQSh dollari berishni va`da qilgani, taklifini rad qilgan taqdirda boshqa shaxslarni yollab bo`lsa ham uni o`ldirishini aytgani va oldindan 1.000 AQSh dollari bermoqchi bo`lganligini ma`lum qilib, uni jinoyat sodir qilishga undayotgan J.Z.ga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan. 

Bosh prokuraturaning xabar berishicha, 2020 yil 10 dekabr kuni Sirdaryo viloyati prokuraturasi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda “X” ismli shaxs Guliston shahrida joylashgan qabriston yaqinida tadbirkor M.D.ni qotillik alomatlari bilan yotgan. Yuz va bosh qismi grim qilingan jasadi va uni vafot etgani sun`iy ravishda yaratilgan foto suratini ko`rsatgach, buyurtmachi tadbirkor J.Z. Mirzaobod tumani Bog`iston mahallasi hududida unga 4.000 AQSh dollarini bergan vaqtida ushlangan.  

Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyati prokuraturasi tomonidan J.Z.ga nisbatan JKning 25, 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o`ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Gumonlanuvchi J.Z. prosessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1