1

Toshkentda homilador ayolni uyida qiynab, 500 dollar pulni o`g`irlagan aka-uka qo`lga olindi (video)

Jinoyat 12.12.2020, 13:49
Toshkentda homilador ayolni uyida qiynab, 500 dollar pulni o`g`irlagan aka-uka qo`lga olindi (video)

30 noyabr Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumanidagi xonadonlardan biriga  kuni ikki nafar erkak bostirib kirib, homilador ayol va uning 6 yoshli farzandini qiynab, qimmatli buyumlarni o`g`irladi. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, shu kuni 102 qisqa raqamiga ayol kishi tomonidan qilingan qo`ng`iroq yuzasidan ichki ishlar organi xodimlari zudlik bilan voqea joyiga etib borgan. Xodimlar etib kelganda ayol va uning o`g`li kuchli stress holatida bo`lgan.

Ayolning aytishicha, turmush o`rtog`ini soat 10:00 da ishga kuzatgach, eshik taqillagan. U esa kimligini so`ramasdan, eshikni ochgan. Begona shaxslarni ko`rgach, eshikni qayta yopishga ulgurmay qolgan. “Men uni itarib yubordim. Shundan so`ng ular menga hujum qila boshladi. Chap yuzimdan mushtlab urib, sochimdan ushlab oldi. Xonadon kirishida turgan oyoq kiyim qo`yadigan bilan zarba berdi”, — deydi ayol.

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan olib borilgan qidiruv-surishtiruv ishlari natijasida bosqinchilarning shaxsi aniqlangan. Ma`lum bo`lishicha, ular aka-uka bo`lgan.

Aniqlanishicha, bosqinchilar shu kuni uydan narxi 750 dollarga teng bo`lgan ayollar taqinchoqlari va 500 dollar topishgan. Ayol iltimosdan so`ng farzandini bir oz bag`riga bosgan. Keyin esa erkaklar uning qo`lini arqon, oyog`ini kompyuter kabeli bilan bog`lab, og`ziga paypoq tiqib, voqea joyida yashiringan.

Tergov ishlari davomida ma`lum bo`lishicha, erkaklardan biri mazkur xonadon egasining firmasida ishlagan va boshlig`i pulini bermagach, akasi bilan til biriktirib, uyiga o`g`rilikka tushgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1