AsosiyJamiyat

“Qishloqlarda ham ko`p qavatli uylar quriladi” - Hokim

'“Qishloqlarda ham ko`p qavatli uylar quriladi” - Hokim'ning rasmi

Farg`ona viloyati hokimi o`z murojaatnomasida yana bir muhim bo`lgan soha – qurilish sohasi rivojiga ham to`xtalib o`tdi. Ahamiyatlisi, Farg`ona viloyatida davlat dasturlaridan tashqari, tadbirkorlarning o`z mablag`lari hisobiga ham ko`p qavatli uylar quriladi.

Xayrulla BOZAROV, Farg`ona viloyati hokimi:

— Kelgusi yilda qurilish sohasini rivojlantirishga ustuvor vazifa sifatida asosiy e`tiborni qaratamiz. 2021 yilgi Investisiya dasturi doirasida 724,2 mlrd.so`m mablag`lar o`zlashtirilishi hisobiga 93 ta ijtimoiy va infratuzilma ob`ektlarida qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta`mirlash ishlari amalga oshiriladi.

BA`ZI ShAHAR VA ShAHARChALARNING BOSh REJALARI IShLAB ChIQILADI 

Sessiyada keltirilishicha, eng avvalo, Marg`ilon va Qo`qon shaharlari Bosh rejalarini ko`rib chiqilib, tegishli o`zgartirishlar kiritiladi. Oltiariq tumanining Tinchlik shaharchasi va Buvayda tumanining Yangiqo`rg`on shaharchasi Bosh rejalari ishlab chiqiladi.

VA NAFAQAT ShAHAR VA ShAHARChALAR...

Hududlarda ko`p qavatli uy joy fondi bozorini yaratish maqsadida barcha kommunikasiyani hisob-kitob qilgan holda massivlar tanlanib, yo`ldosh shaharchalarga aylantirish loyihalarni amalga oshirish bo`yicha ishlarni boshlaganmiz. Bu borada, 2021 yil “Navro`z” bayramiga 300 ta ko`p qavatli 11,2 mingta xonadondan iborat uylarni foydalanishga topshirish bo`yicha xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan qurilish ishlari jadal olib borilmoqda. Bir so`z bilan aytganda, aholini uy-joylarga bo`lgan ehtiyojini qondirish maqsadida har yili shundan kam bo`lmagan miqdorda uylar qurish choralarini ko`ramiz. Bundan buyog`iga qishloqlarda ham ko`p qavatli uylar quriladi”, - dedi hokim.

 

Sardorbek Rahmonqulov

Mavzuga oid:

2021 yil Farg`ona viloyatini yaxshi yangiliklar kutyapti: Hokim va`dasini oldik

Orttirilgan byudjet mablag`lari qaerlarga sarflandi? Hokim hisob berdi

 

 

    Boshqa yangiliklar