AsosiyJamiyat

Xususiy bandlik agentliklari uchun lisenziya talablari o`zgardi

'Xususiy bandlik agentliklari uchun lisenziya talablari o`zgardi'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan O`zbekistondan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo`yicha faoliyatni lisenziyalash tartibi to`g`risidagi nizomga o`zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar berdi. 

Qarorga O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish bo`yicha faoliyatni amalga oshirishda lisenziya talablari va shartlariga quyidagi bandlar kiritildi:

• XBA tomonidan xizmatlar ko`rsatish to`g`risidagi shartnomalarni "labor-migration" axborot tizimida real vaqt rejimida ro`yxatdan o`tkazish;

• xizmatlar ko`rsatish to`g`risida bajarilgan shartnomalarga oid arxiv materiallarini shakllantirish va saqlash;

• XBA to`g`risidagi, shuningdek, uning filiallari va vakolatxonalari haqidagi ma`lumotlar o`zgarganligi to`g`risida lisenziyalovchi organni 7 ish kuni ichida xabardor qilishi.

Bundan tashqari, zaxiraga qo`yiladigan mablag`larning eng kam miqdoriga doir talablar o`zgartirildi. Ya`ni ariza beruvchining shakllantirilgan ustav fondi mablag`lari hisobidan BHMning 8 500 baravari miqdoridagi mablag`lar (ilgari 50 ming AQSh dollari edi) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Fuqarolarni qo`llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg`armasi depozit hisobraqamiga zaxiraga kiritiladi.

Shuningdek, lisenziya olish uchun arizani ko`rib chiqish tartibiga ham o`zgartirish kiritildi. Unga muvofiq, ariza beruvchi axborot-kommunikasiya tarmoqlari orqali ERIdan foydalangan holda ariza bilan murojaat etishi lozim bo`ladi. Barcha ilova qilinadigan hujjatlar, shu jumladan "Yagona milliy mehnat tizimi"ga kiritilgan ma`lumotlar elektron shaklda taqdim etiladi.

    Boshqa yangiliklar