Shu yilning 11 dekabr kuni Toshkent shahridagi Shota Rustaveli ko`chasida 38–sonli yo`nalishdagi avtobus haydovchisi hamda 58-sonli yo`nalishdagi avtobus haydovchisi kim o`zarga harakatlangan. Ushbu hodisa aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.
"Toshshahartransxizmat" AJ axborot xizmati ma`lum qilishicha, qoidabuzar haydovchilar aniqlandi.
Yo`lovchilar xayotini xavf ostiga qo`yganligi va avariya holatini sodir etganligi uchun ikki haydovchiga nisbatan 12 dekabr kuni Toshkent shahar IIBB YHXB inspektori tomonidan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy Javobgarlik to`g`risidagi Kodeksining 128-5 moddasi bo`yicha ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Mazkur moddaga asosan, haydovchilarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima belgilanadi.






