So`nggi kunlarda mamlakatimizda qalin tuman tushishi holati kuzatilmoqda. Bu esa haydovchilar avtomobil yo`llarida harakatlanganida ko`rishni cheklaydi.
O`zbekiston IIV YHXBB haydovchilarga tuman sharoitida transport vositasi tezligini 10-20 km/soatgacha kamaytirishni, avtomobil chiroqlariga o`zgartirish kiritmaslikni va quvib o`tish qoidalariga qat`iy amal qilishni so`rab, murojaat qildi. Va quyidagi tasviyalarni berdi:
- Yo`lovchilarni olishda va yo`l chetidagi piyodalarga nisbatan ehtiyotkor bo`lish;
- Harakat vaqtida boshqa transport vositalari bilan oraliq masofa saqlash;
- Qalin tuman tushganda, avtomobillar orasidagi masofani uzoqroq saqlash;
- Yo`nalishni o`zgartirganda yanayam ehtiyot bo`lish;
- Tuman tarqalishini xavfsiz joyda kutib turish.






