AsosiyJamiyat

Andijondagi IMTT xodimlari 6 oydan beri maoshiga to`lanadigan qo`shimcha haqni olmagan. Bunga asos bormidi?

'Andijondagi IMTT xodimlari 6 oydan beri maoshiga to`lanadigan qo`shimcha haqni olmagan. Bunga asos bormidi?'ning rasmi

Andijon shahar adliya bo`limi tomonidan Andijon shahar 46-son ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta`lim tashkiloti (IMTT)ning bir guruh ishchi xodimlarining pandemiya davrida oylik maoshlariga qo`shimcha haq to`lanmayotganligidan norozi bo`lib, shahar Adliya bo`limiga murojaat qilgan.

O`rganish davomida 46-IMTTda ishlayotgan 38 nafar xodimlarning oylik ish haqlariga  Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi 391-sonli qaroriga asosan 2020 yil 16 apreldan 1 oktyabrga qadar jami 205 mln 989 ming so`m miqdorda lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga 100 foizlik qo`shimcha haq asossiz to`lab berilmaganligi aniqlandi.

Vaxolanki, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi 391-son qarorining 3-bandida “2019 yil 1 iyundan boshlab davlat ko`p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta`lim tashkilotlari rahbarlarining, pedagog xodimlar va tibbiyot xodimlarining lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qo`shimcha haq to`lanishi, 2019 yil 
1 sentyabrdan boshlab davlat ko`p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta`lim tashkilotlari tarbiyachilari yordamchilarining, shuningdek, qo`shma tipdagi davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlaridagi o`sishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlar bo`lgan bolalarga mo`ljallangan guruhlarda ishlaydigan tarbiyachilar, pedagog xodimlar va tibbiyot xodimlari yordamchilarining lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qo`shimcha haq to`lanishi belgilangan.

Murojaat asosida Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi qarori ijrosi hamda huquqni qo`llash amaliyoti Andijon shahridagi 31, 40, 50, 51-son IMTTlarda ham tahlil qilinganda, ularda ishlovchi jami 207 nafar ishchi xodimlarga 1 mlrd so`mdan ziyod qo`shimcha haqlar o`z vaqtida to`lab berilmaganligi ma`lum bo`ldi.

O`rganish natijasiga ko`ra, Andijon shahar Maktabgacha ta`lim bo`limiga 2020 yil 20 noyabr kuni 11/252/1-3-son bilan kiritilgan taqdimnomaga asosan, 5 ta IMTTlarda ishlovchi jami 245 nafar xodimlarga 1 mlrd 500 mln so`m qo`shimcha haqlari to`lanishi, mansabdor shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilishi ta`minlandi.

    Boshqa yangiliklar