2020 yil noyabr oyida Rossiya Federasiyasi Madaniyat vazirligi ko`magida MDHga a`zo davlatlarning gumanitar hamkorlik bo`yicha davlatlararo jamg`armasi tomonidan tashkil etilgan Xalqaro teatr san`ati festivali bo`lib o`tdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
Ushbu festivalda O`zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti professori, san`atshunoslik fanlari nomzodi, MDH xalqaro tashkilotining Madaniyat va san`at ta`limi bo`yicha Jamoatchilik Kengashi a`zosi Temur Rashidov badiiy rahbarligida Teatr san`ati fakulteti 4-kurs «Estrada aktyorligi san`ati» bo`limi talabalari K.Gossi asari asosida yaratilgan «TURANDOT» spektakli bilan qatnashib, «Eng yaxshi spektakl» nominasiyasida g`olib bo`ldi va diplom bilan taqdirlangan.
O`zbekiston davlat san`at va madaniyat institutining ushbu jamoasi 2021 yilda o`tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro festivallarda ishtirok etish uchun taklif etildi.






