Xorijda ishlash istagida bo`lgan, xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yoki mehnat migrasiyasidan vatanga qaytgan fuqarolarda migrasiya va reintegrasiya bilan bog`liq ko`plab savollar, takliflar yoki muammolar bo`lishi tabiiy.
Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi va Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti hamkorligida mehnat migrantlari uchun ochiq muloqot imkoniyatini yaratish maqsadida mehnat migrasiyasi sohasidagi yangiliklarni fuqarolarga etkazish, ularga tezkor huquqiy maslahat berish va murojaatlarini onlayn qabul qilish uchun qulay bo`lgan consalting.labormigration.uz platformasi ishga tushirildi.
Mazkur platforma orqali soat 9.00 dan 18.00 ga qadar har kuni (shanba va yakshanba kunlaridan tashqari) soha mutaxassislari tomonidan onlayn konsultasiyalar berib boriladi.
Tezkor onlayn maslahat olish uchun consalting.labormigration.uz platformasi orqali savol yo`llashingiz mumkin.






