AsosiyJamiyat

O`zbekistonda OTM talabalariga akademik ta`til qanday hollarda beriladi?

'O`zbekistonda OTM talabalariga akademik ta`til qanday hollarda beriladi?'ning rasmi

Qonunchilikka ko`ra, O`zbekiston OTM talabalariga akademik ta`til quyidagi hollarda berilishi mumkin:

  • harbiy xizmatni o`tash uchun;
  •  salomatligini tiklash uchun;
  • homiladorlik va tug`ish uchun;
  •  bolalarni parvarish qilish uchun.

 Akademik ta`til o`quv yilining har qanday qismida, quyidagi muddatlarga beriladi:

➖ harbiy xizmatni o`tash uchun –  harbiy xizmatni o`tash muddatiga;

➖ salomatligini tiklash uchun – 12 oy muddatga;

➖ homiladorlik va tug`ish, shuningdek bolalarni parvarish qilish uchun –  homiladorlik va tug`ish, shuningdek bolalarni parvarish qilish ta`tillari muddatiga.

 Talabalarga o`qish davomida 2 marta, (tibbiyot ta`lim muassasalari talabalariga 3 martagacha) akademik ta`til berilishi mumkin.

1-kurs talabalariga akademik ta`til faqat ularning kasalligi tufayli beriladi.

Akademik ta`til davrida stipendiyalar to`lanmaydi.

 

    Boshqa yangiliklar