AsosiyJamiyat

Olmon olimlarining qishloq xo`jaligi bo`yicha o`quv qo`llanmalari o`zbek tiliga tarjima qilindi

'Olmon olimlarining qishloq xo`jaligi bo`yicha o`quv qo`llanmalari o`zbek tiliga tarjima qilindi'ning rasmi

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi axborot xizmati xabar berishicha, vazirlik hamda Germaniya Xalqaro hamkorlik jamiyati hamkorligida qishloq xo`jaligi sohasida faoliyat olib boruvchi mutaxassislar va fermerlar, qolaversa talaba-o`quvchilar malakasini oshirishda yordam beruvchi olmon olimlari o`quv qo`llanmalarining o`zbek tilidagi elektron shakllari tayyorlandi.

2020 yilning 11 dekabr kuni «O`zbekistonning tanlangan hududlarida iqtisodiyot rivojlanishini qo`llab quvvatlash» loyihasi doirasida vazirlikka 1400 ta «Fermer: Boshlang`ich bosqich» kitobining rus tilidagi hamda «Fermer: Boshlang`ich bosqich» va «Fermer: Ixtisoslik bosqichi» o`quv qo`llanmalarining o`zbek tilidagi elektron shakllari 580 ta kompakt disklarda taqdim etildi.

Ushbu o`quv qo`llanmalar qishloq xo`jaligiga ixtisoslashgan professional ta`lim muassasalarida ta`lim olayotgan o`quvchilarga mo`ljallangan bo`lib, ularda o`simlikshunoslik, qishloq xo`jalik texnikalarini joriy etish va chorvachilik sohalari amaliy nuqtai nazardan batafsil yoritilgan.

Germaniyalik Xorst Loxner va Yoxannes Brekker muallifligida yaratilgan o`quv qo`llanmalari professor Xerbert Shtroebel tashabbusi bilan professorlar Otaboy Jumaniyozov va Ro`zimboy Eshchonov rahbarligida o`zbek tiliga tarjima qilindi.

 

    Boshqa yangiliklar