AsosiyJamiyat

Namanganda 39 436 nafar fuqaro “Temir daftar”dan chiqarildi

'Namanganda 39 436 nafar fuqaro “Temir daftar”dan chiqarildi'ning rasmi

Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma`lum qildi.  

 Prezidentning 2020 yil 26-27 iyun kunlari Namangan viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosini ta`minlash bo`yicha viloyatda 24 382 ta ehtiyojmand oila, 39 468 nafar mehnatga layoqatli ishsiz “Temir daftar” ro`yxatiga olingan.  

 Sentyabr-noyabr oylarida sektor rahbarlari tomonidan 527 ta oila va 1 502 ta mehnatga layoqatli fuqarolar qo`shilib, “Temir daftar”da jami 34 761 ta oilaning 47 858 ta mehnatga layoqatli fuqaro ro`yxatlari shakllantirilgan.  

 10 dekabr holatiga daromad manbaiga ega bo`lgan 25 269 ta oilaning 39 436 nafar mehnatga layoqatli oila a`zosini xalq deputatlari kengash qarorlari bilan “Temir daftar”dan chiqarildi.

 “Temir daftar”ga kiritilgan 34 761 ta oilaning 47 652 nafar mehnatga layoqatli a`zosi ishga joylashtirildi.

 

    Boshqa yangiliklar