AsosiyJamiyat

Toshkent viloyati IIBB bosqinchini qo`lga olishda ko`mak so`ramoqda

'Toshkent viloyati IIBB bosqinchini qo`lga olishda ko`mak so`ramoqda'ning rasmi

Gumonlanuvchi 21.06.1990 yilda tug`ilgan Xolmurodov Elmurod Dilmurod o`g`li O`zbekiston Respublikasi JK ning 164-moddasi (bosqinchilik) 4-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinib, qidirilmoqda. 

IIBBning xabar qilishicha, E.Xolmurodov shu yilning 10 dekabr kuni Qibray tumani hududida taxminan 350 mln so`mlik tilla buyumlarni bosqinchilik yo`li bilan egallab, voqea joyidan yashiringan.

Ushbu shaxsni ko`rganlar yoki u haqda ma`lumotga ega bo`lganlar 102 yoki +998702023788, +998998840002, +998333350002 raqami orqali yoki hududiy IIBlariga xabar berishlari so`raladi.  

"️Xabar bergan fuqaroning shaxsi sir saqlanadi va munosib rag`batlantiriladi" deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar