AsosiyJamiyat

Navoiyda ruxsat berilgan kvotadan tashqari 13 mingdan ortiq hayvon noqonuniy ovlangan — Bosh prokuratura

'Navoiyda ruxsat berilgan kvotadan tashqari 13 mingdan ortiq hayvon noqonuniy ovlangan — Bosh prokuratura'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan respublika ov va baliq ovi sport birlashmasining Navoiy viloyati bo`limi hamda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish Navoiy viloyati boshqarmasida  tekshiruv o`tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda. 

2019-2020 yilgi ov mavsumida ruxsat berilgan kvotadan tashqari jami 13 ming (quyon, g`oz, o`rdak va boshqa.) boshdan ortiq yovvoyi hayvonlarning noqonuniy ovlanishiga imkoniyat yaratilganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish Navoiy viloyati boshqarmasi mansabdor shaxslari 2019 yilgi ov mavsumida 1 707 holatda ovchilar tomonidan noqonuniy ov amalga oshirilganligi bo`yicha o`z vaqtida ma`muriy choralar qo`llamaganliklari natijasida, 1,9 mlrd so`mlik jarimalar byudjetga undirilmasdan, davlat va jamiyat manfaatlariga juda ko`p miqdorda zarar etkazishgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar