AsosiyJamiyat

Toshkentdagi 3 ta yo`nalishga tezyurar avtobuslar qo`yilmoqda

'Toshkentdagi 3 ta yo`nalishga tezyurar avtobuslar qo`yilmoqda'ning rasmi

Hozirgi kunda horijiy konsultantlar tomonidan 3 ta  (Chilonzor buyum bozori, Chorsu savdo markazi, TTZ) yo`nalishlarida BRT (Bus Rapid Transit) – tez yurar avtobus xizmatini tashkil etishi taklif etilmoqda. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik Jamiyati tomonidan tashkil etilgan press-turda ma`lum qilindi. 

Bunda,

Chilonzor buyum bozori – Chorsu savdo markazi yo`nalshishi o`rtacha masofasi 20,6 km, tasarruf tezligi:

25 km/soat; o`rtacha qatnov vaqti 50 daqiqa. oraliq interval: 4 daqiqani, tashilishi kutilayotgan yo`lovchilarning o`rtacha oqimi 42 mingtani;

Yo`nalish harakatlanadigan ko`chalar: Navoiy ko`chasi 6,2 km, Shahrisabz ko`chasi 3,2 km, Sh.Rustaveli ko`chasi 6,2 km, Gavhar ko`chasi 2,4 km, Bunyodkor ko`chasi 2,6 km;

Chorsu savdo markazi – TTZ yo`nalishi o`rtacha masofasi 20 kmni tashkil etib, tasarruf tezligi:

25 km/soat; o`rtacha qatnov vaqti 48 daqiqa, oraliq interval:

3 daqiqani, kunlik tashilishi kutilayotgan yo`lovchilarning o`rtacha oqimi 27 mingtani tashkil etadi.

  Yo`nalish harakatlanadigan ko`chalar: Yuzrabod ko`chasi: 2,18 km, Feruza ko`chasi 1,72 km, M.Ulug`bek ko`chasi 7 km, Maxtumquli ko`chasi 1,8 km; Shahrisabz ko`chasi 1,1 km, Navoiy ko`chasi 6,2 km.

Ushbu alohida yo`laklarda harakatlanuvchi avtobus yo`nalishlarini tashkil etish orqali, kunlik yo`lovchi oqimi 122 mingdan ziyod yo`lovchilarga transport xizmatlarini ko`rsatish rejallashtirilmoqda;

mazkur yo`nalishlarda joylashgan 36 ta chorrahalarni qayta loyihalash ishlari ko`zda tutilgan bo`lib, alohida yo`laklarda harakatlanuvchi avtobus yo`nalishlarini takrorlovchi 50 ta  avtobus va 8 ta yo`nalishli taksi yo`nalishlarining harakatiga o`zgartirishlar kiritiladi.

Toshkent shahrida mazkur tizim yaratilishi orqali odamlarning bir manzildan ikkinchi manzilga shaxsiy yoki engil avtomobilga nisbatan jamoat transportida tezroq etib borishi ta`minlanadi.

Bu esa o`z navbatida, aholi uchun shaxsiy avtomobildan ko`ra jamoat transportida harakatlanish afzalroq hisoblanadi, deyilgan ma`lumotda. 

    Boshqa yangiliklar